“O‘zstandart” agentligi tomonidan GLOBAL G.A.P., “Halol” standartlari hamda organik sertifikatlashtirish tizimlarining afzalliklarini keng ommaga yetkazish maqsadida 5 fevraldan 21 fevralga qadar Respublikamizinig barcha viloyatlarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtiruvchi mahalliy fermer xo‘jaliklariga, eksport salohiyatini oshirish va mavjud texnik to‘siqlarni bartaraf yetishda ko‘maklashish maqsadida, seminarlar tashkil yetilmoqda. Shunga muvofiq, 8 fevral kuni “O‘zstandart” agentligi, Navoiy SMB va Navoiy SSM DK hamkorligida Navoiy viloyati Karmana pedagogika kolleji binosida viloyatning tumanlarida faoliyat ko‘rsatayotgan fermer xo‘jaliklar rahbarlariga seminar tashkil qilindi. Seminarda Karmana, Navbahor, Konimex, Qiziltepa, Nurota, Xatirchi, Uchquduk, Tomdi tumanlaridan jami 50dan ortiq fermer xo‘jalik raxbar xodimlari va fermerlar ishtirok etishdi.

Seminarda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 6 noyabrdagi “Meva-sabzavot mahsulotlari, uzum, poliz, dukkakli yekinlar, shuningdek, quritilgan sabzavot va mevalarni mahalliy eksport qiluvchilarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3377-sonli qarori bilan respublikada xalqaro standartlarni, shu jumladan «ISO 22000», «Halol» standartlarini joriy yetish belgilanganligi keng miqyosda tushuntirildi.

Seminar jarayonida bir qancha fermer xo‘jaligi raxbarlari tomonidan GLOBAL G.A.P va “Xalol” halqarostandartlari yuzasdina qiziqarli savollar o‘rtaga tashlandi. Savollarga seminar ma’ruzachilari-SMSITI sertifikatlashtirish bo‘lim boshlig‘i Saidov Sunnatilla va “Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi” bosh mutaxassisi Djumanov Anvar, GLOBAL G.A.P. bu GHP, GMP va HACCP talablari asosida yaratilgan tan olingan halqaro standart tizimi bo‘lib va standartining asosiy talablari bu mahsulot xafsiz sharoitda va ekologik talablarga rioya qilgan holda yetishtirilgan bo‘lish kerakligi tushuntirildi. Standartlarning tatbiq etish-bu birinchi navbatda fermerlar uchun foydali ekanligi va shu bilan birga ushbu standart dunyo bozorlarida yanada kengroq faoliyat ko‘rsatish garovi bo‘la olishi tushuntirildi.

Halol standarti bo‘yichaxam tushunchalar berildi, standart islom prinsiplari va sharoitlariga binoan, halol mahsulotlari va oziq-ovqat mahsulotlarini sotish, tayyorlash, qayta ishlash, tasniflash, qabul qilish, qadoqlash, tamg‘alash, belgilash, tekshirish, ortish-tushirish, yetkazib berish, tarqatish, saqlash va xizmat ko‘rsatish kabi oziq-ovqat tizimining xar bir bosqichida rioya qilish uchun zarur bulgan umumiy qoidalarni o‘z ichiga olish haqida gapirildi.