O’zbekiston Respbulikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 30 iyuldagi 207-sonli qarori bilan tasdiqlangan “2014-2018 yillarda texnik reglamentlarni ishlab chiqish Dasturi”ga muvofiq “O’zstandart” agentligi “O’zbekoziqovqatxolding” XK bilan birgalikda “Idishlarga qadoqlangan ichimlik suvi xavfsizligi to‘g‘risida”gi Umumiy texnik reglament loyihasi  tayyorlandi.

Hujjat loyihasi Vazirlar Mahkamasiga o‘rnatilgan tartibda kiritishg uchun tayyorlangan.

Shuningdek, hujjat loyihasi bo‘yicha  taklif va e’tirozlar mavjud bo‘lgan taqdirda, “O’zstandart” agentligining Texnik jihatdan tartibga solish boshqarmasiga (e-mail: tr@standart.uz, telefon: +998 71 202-00-11 (ichki: 1024, 1022)) 2018 yil 12 martgacha yuborishingiz mumkin.