2018 yil 14-16 mart kunlarida Toshkent shahrida, Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish Davlatlararo Kengashining (DSK) Akkreditatsiya bo‘yicha ilmiy-texnik komissiyasi (NTKA), Muvofiqlikni baholash bo‘yicha ilmiy-texnik komissiyasi (NTKOS), Akkreditatsiya bo‘yicha Mintaqaviy tashkilot tuzish bo‘yicha ishchi guruhining (RG ROA) yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Ma’lumot uchun: Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish Davlatlararo Kengashi MDX tarkibiga kiruvchi hukumat rahbarlari tomonidan imzolangan "Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish sohasida kelishilgan siyosat to‘g‘risidagi Bitim" asosida 1992 yil  13 martda tashkil qilingan. Bitim milliy standartlashtirish idoralari, MDH a’zo davlatlar metrologiya va sertifikatlashtirish sohasidagi imkoniyatlarni birlashtirish, shuningdek ushbu sohalarda yagona texnik siyosatni amalga oshirish imkonini berdi.

Yig‘ilishlarda, O’zbekiston Respublikasining standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish va akkreditatsiya bo‘yicha Milliy idorasi "O’zstandart" agentligining vakillari bilan birgalikda, MDH mamlakatlari qatnashdilar, jumladan Belarus, Qozog‘iston, Rossiya Federatsiyasi va Ukraina milliy organlarining vakillari va DSK standartlari Byurosi vakillari ishtirok etdi.

Kun tartibida quyidagi masalalarko‘rib chiqildi:

  • MDH davlatlaridagi savdodagi texnik to‘siqlarni bartaraf etish to‘g‘risidagi bitim loyihasi muxokama qilish.
  • 1992 yil 4 iyundagi Sertifikatlashtirish ishlarini olib borish printsiplari va o‘zaro tan olish to‘g‘risidagi Bitimga o‘zgartish kiritish to‘g‘risidagi Bayon loyihasini ko‘rib chiqish.
  • MDX davlatlarining hukumat raxbarlari Kengashining Maxsulot va xizmatlarning sifati soxasida erishilgan yutuqlar uchun tanlovi mukofitini aniqlashga ko‘maklashish.
  • "Muvofiqlikni baholash organlarining akkreditatsiya natijalarini o‘zaro tan olish to‘g‘risidagi Bitim" loyihasining muhokama qilish.

Sifatni boshqarish tizimlarini sertifikatlashtirish soxasidagi, Halqaro standartlashtirish tashkiloti tomonidan qabul qilingan yangi me’yoriy xujjatlarni tadbiq etish va ularga o‘tish davrini belgilash to‘g‘risida va boshqa masalalar.

Muhokama natijasida, Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish Davlatlararo Kengashining Toshkent shaxrida 25-29 iyun kunlari o‘tkaziladigan navbatdagi 53-chi yig‘ilishining kun tartibiga kiritish uchun tegishli tavsiyalar va takliflar tasdiqlandi.

Uchrashuvlar bayonlari bilan DSK rasmiy veb-saytida (www.easc.org.by) tanishish mumkin.