Joriy yilning 12 aprel kuni “O‘zstandart” agentligiga Tailand davlatining Chulalongkorn universiteti, Xalol Ilmiy Markazidan professor doktor Vinay Daxlan raxbarligida 60 kishidan iborat delegatsiya tashrif buyurdi.
Shu kunning o‘zida “O‘zstandart” agentligining katta majlislar zalida Tailand delegatsiyasi bilan davra suxbati o‘tkazildi.
Tashrif buyurgan barcha mexmonlarga “O‘zstandart” agentligi bosh direktori o‘rinbosari J.N.Shukurov “O‘zstandart” agentligiga tashrif buyurgani uchun o‘z minnatdorchiligini bildirdi. U o‘z nutqida 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha Harakatlar strategiyasida iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirish masalasiga alohida e’tibor qaratilgani, shu maqsadda, «O‘zstandart» agentligi tomonidan rivojlanayotgan mamlakatlarning sifat infratuzilmasining holati va eksport imkoniyatlarini yanada oshirish mexanizmi chuqur o‘rganilayotganligi, aniqroq qilib aytganda, sayyohlarning ehtiyojidan kelib chiqib, sifatli va qulay xizmatlarni ko‘rsatish orqali turizm, oziq-ovqat, dori-darmon sohalarida «Halol» standartlari joriy etish masalasi muhim ahamiyat kasb etishini gapirib o‘tdi.
Shundan so‘ng mexmonlarga “O‘zstandart” agentligida xalol standartlar soxasida olib borilayotgan ishlar bo‘yicha prezentatsiya namoyish etildi. O‘z navbatida Tailand vakillari xam Chulalongkorn universiteti, Xalol Ilmiy Markazi tomonidan xalol standartlar bo‘yicha olib borilayotgan ishlar yuzasidan videorolik va prezentatsiya ko‘rsatildi.
Suxbat chog‘ida ushbu ilmiy markaz bilan xalol yo‘nalishidagi laboratoriya soxasida kadrlarni tayyorlash, turli xil soxalarda xalol standartlarini joriy qilish, treyning va o‘quv seminarlarini o‘tkazish xamda xamkorlik bitimi imzolash kelishib olindi.
Suxbat qizgin savol javoblar va debatlarga boy bo‘ldi.
Uchrashuv so‘ngida Chulalongkorn universiteti, Xalol Ilmiy Markazidan professor doktor Vinay Daxlan “O‘zstandart” agentligi raxbariyatiga iliq qabul uchun minnatdorchilik izhor etib, kelajakda aloqalarni yanada mustahkamlash, O‘zbekistonda barcha turdagi xalol standartlarni joriy etish ishlariga tayyorgarlik ko‘rishlari uchun Xalol Ilmiy Markazida xamma zarur sharoitlarni yaratib berishga tayyor ekanligini bildirdi.