Andijon Standartlashtirish va metrologiya boshqarmasi hamda Sinov va sertifikatlashtirish markazi hamkorligida ko‘plab xalqaro miqyosidagi davra suhbatlari va seminarlash tashkil etilmoqda.
Joriy yilning 15-17 aprel kunlari Andijon sinov va sertifikatlashtirish markazi davlat korxonasining “Menejment tizimlarini xalqaro sertifikatlashtirish” idorasiga TURKAK tomonidan 2017 yilning 26 aprel kuni rasmiylashtirilgan AV-0131-YS-sonli guvohnomasiga asosan, inspeksion audit o‘tkazish maqsadida TURKAK auditorlari Atakan Bashturk va Bulat Aydemirlar tashrif buyurdilar.
Tashrifning birinchi kuni markazning bo‘lim va bo‘linmalari hamda “Respublika sinov va sertifikatlashtirish markazi” davlat korxonasi va Buxoro hamda Namangan sinov va sertifikatlashtirish markazlaridan kuzatuv auditi maqsadida taklif etilgan mutaxassislar ishtirokida inspeksion auditning ochilishi bo‘lib o‘tdi.
Inspeksion auditning ochilishidan so‘ng, xalqaro sertifikatlashtirilgan 13 ta korxonadan, 4 ta korxona hujjatlari va protsedura hujjatlari to‘plami auditorlar tomonidan o‘rganib chiqildi.
Tashrifning ikkinchi kunida Atakan Bashturk boshchiligidagi birinchi gurux tomonidan viloyatdagi Izboskan Ijtimoiy-iqtisodiy kasb-hunar kollejiga, Bulat Aydemir boshchiligidagi ikkinchi gurux tomonidan Jalalquduq tumanidagi "SPZ-BEARINGS" mas’uliyati cheklangan jamiyati shaklidagi qo‘shma korxonalarda Xalqaro standart ISO 9001:2015 talablari bo‘yicha joyida kuzatuv auditi o‘tkazildi.
Izboskan Ijtimoiy-iqtisodiy kasb-hunar kollejida o‘tkazilgan sertifikatlashtirish auditi vaqtida darslar jarayoni kuzatildi.
"SPZ-BEARINGS" mas’uliyati cheklangan jamiyati shaklidagi qo‘shma korxonada ishlab chiqarish jarayonida bevosita qatnashilib, korxona mutaxassislari bilan suhbat o‘tkazildi. Mahsulot ishlab chiqarishda ISO 9001:2015 xalqaro standartini sertifikatlashtirishning afzalliklari bo‘yicha seminar o‘tkazildi.