Ma’lumki har yili 20 may kuni Xalqaro metrologiya kuni sifatida keng nishollanadi. Shu munosabat bilan O‘zbekiston Milliy metrologiya instituti nufuzli konferensiyaga mezbonlik qilmoqda.
Konferensiyani o‘tkazish sanasi har yili butun dunyoda xalqaro hukumatlararo metrologiya tashkilotlari – Xalqaro o‘lchov va tarozilar byurosi (MBMV) va Xalqaro qonunlashtiruvchi metrologiya tashkiloti (MOZM) rahbarligida nishonlanadigan 20 may Butun jahon metrologiya kuniga bag‘ishlangan.
Bu yilgi bayramni Butun jahon metrologiya kuni “Xalqaro o‘lchamlar tizimining doimiy evolyutsiyasi” shiori ostida nishonlanmoqda
60 yilga yaqin mavjud bo‘lgan davrda Xalqaro o‘lchamlar tizimi (umumiy qabul qilingan belgisi – SI) o‘z asosliligini va turli faoliyat sohalarida qo‘llanishga yaroqliligini ko‘rsatib, dunyoning ko‘plab mamlakatlarida asosiy o‘lchamlar tizimi sifatida qo‘llanadi.
SI statik tizim emas. U hamma vaqt rivojlanadi va takomillashadi. 2018 yil 20 may Butun jahon metrologiya kunining, Italiya milliy metrologiya instituti tomonidan taklif etilgan shiorini shakllantirishda SI rivojlanishini tavsiflash uchun, sifat jihatdan o‘zgarishga tayyorlaydigan sekin asta uzluksiz miqdor jihatdan o‘zgarish jarayonini aks ettiradigan “evolyutsiya” tushunchasi tanlangani ham tasodif emas, chunki shu yilning noyabr oyida SI asosining o‘zi sifat jihatdan shiddatli o‘zgarishi kutilmoqda. Navbatdagi XXVI-chi O‘lchov va tarozilar bosh konferensiyasida o‘lchamlar tizimining asosiy yettita birligidan to‘rttasining qayta ta’riflari tasdiqlanishi rejalashtirilmoqda.
“Metrologiya – 2018” konferensiyasida Toshkent davlat texnik universitet hamda Andijon davlat universiteti, Mudofaa vazirligi va Toshkent kimyo-texnologiya instituti, Davarxitekqurilish va Navoiy mashinasozlik zavodi, “UNICON.UZ” DUK va “Paxta ilmiy markazi AJ” ilmiy markazining mutaxassislari ham o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etadilar.
Bundan tashqari, O‘zbekistonning turli korxonalari mutaxassislari konferensiya platformasida xususiy suhbatlarda hamkasblar bilan amaliy metrologyaining muammolarini muhokama qilish, tajriba almashish va mavjud tajribani yangilash hamda yangi xizmat aloqalarini o‘rnatish imkoniga ega bo‘ladilar.
“Metrologiya – 2018” konferensiyasi ishtirokchilari “O‘zstandart” agentligi majlislar zalining foyesida tashkillashtirilgan, “O‘zMMI” DKda qo‘llaniladigan o‘lchash texnikasining yangi namunalari ko‘rgazmasi bilan ham tanishadilar