Navoiy Standartlashtirish va metrologiya boshqarmasi hamda Sinov va sertifikatlashtirish markazi Davlat korxonasi hamkorligida, viloyat hududida faoliyat ko‘rsatayotgan AGTKSh va AGTSh rahbarlari hamda ish yurituvchilari ishtirokida uchrashuv va seminar tashkil etildi.
Yig‘ilishni– Navoiy Standartlashtirish va metrologiya boshqarmasi boshlig‘i U.A.Kamolov hamda “O‘zdavneftgazinspeksiya” Navoiy viloyati hududiy bo‘limi bosh texnologi N.Aminovlar seminar yig‘ilishni ochib, Farg‘ona viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasidan 2018 yilning 1 iyun kuni soat 20:00 da olingan ma’lumotga asosan, 2018 yilning 1 iyun kuni soat 16:42 larda Farg‘ona shahar, Qirguli mavzesi, Sh.Rashidov ko‘chasi 1-uyda joylashgan “Mig Oil Metan” mas’uliyati cheklangan jamiyatga qarashli avtomobillarga gaz to‘ldirish shaxobchasining 7-kolonkasida, Qo‘shtepa tumani “Sarmazor” qishloq fuqarolar yig‘ini, “Shijoatkor ko‘chasida yashovchi 1958 yilda tug‘ilgan S.Sulaymonovga tegishli davlat raqami 40 Ye 816 RA “Neksiya” avtomobiliga metan gaz quyish jarayonida Xitoy davlatida 2012 yilda ishlab chiqarilgan 72 kgli SNG-2 rusumli ballonini yorilishi natijasida portlash sodir bo‘lgan.
Portlash natijasida, shahobcha operatori Farg‘ona shahar, Abdulla Qodiriy ko‘chasi, 1-uyda yashagan, 1996 yilda tug‘ilgan Maxamadjon Shavkatov voqea joyida vafot etgan.
Shuningdek, 6-kalonkada turgan davlat raqami 40 M 110 JA “Lasetti” avtomobili egasi Yozyovon tumani Qoratepa qishlog‘ida yashovchi 1980 yilda tug‘ilgan Ibrohim Otaboyev yengil tan jarohati bilan RShTYoIM Farg‘ona filialiga yotqizilgan.
Mazkur holatlar yuzasidan dastlabki tergov oldi tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
Avtomobillarga siqilgan gaz to‘ldirish kompressor shahobchalarida texnikaviy va ishlab chiqarish nazoratini tashkil qilinishi, ishlarni bexatar olib borish uchun xavfsizlik qoidalari bo‘yicha attestatsiyadan o‘tgan mas’ul xodimlarni buyruq bilan tayinlanishi, avtomobillarga siqilgan gaz to‘ldirish kompressor shahobchalari uskunalari, mavjud bosim ostida ishlaydigan idishlarni amaldagi qoidalar talablari bo‘yicha texnik sinovlardan o‘tkazish, xizmat muddati o‘tgan bosim ostida ishlaydigan idishlarni metall holatini maxsus korxonalar orqali tekshirtirilishi, o‘z vaqtida reja asosida profilaktika ta’mirlash ishlarini olib borish, xavfsizlik klapanlarining sozligi, rezina shlanglarini sinovdan o‘tkazish, ko‘rsatilgan ishga tibbiy jihatdan loyiq shaxslarni ixtisoslashgan o‘quv markazlarida o‘qitilib, texnik ekspluatatsiya, xavfsizlik texnikasi va mehnat muhofazasi qoidalari bo‘yicha bilimlarini tekshirilib keyin ishga qo‘yilishi, bilimlari keyinchalik amaldagi qoidalar talablari asosida davriy tekshirilib borilishi kerakligi va avtamobillarga o‘rnatilgan gaz ballonlarini to‘ldirishda tasdiqlangan texnologik reglament talablariga, gaz ballonlarini to‘ldirish, litsenziyaga ega bo‘lgan gaz to‘ldirish shahobchalari orqali amalga oshirilishi, litsenziyaga ega bo‘lmagan shahobchalarda gaz ballonlarini to‘ldirilishi man qilinishi, muvofiqlik sertifikatiga ega bo‘lmagan, texnik sinovdan o‘tmagan yoki sinov muddatlari o‘tib ketgan, kleymo yozuvi bo‘lmagan, ventellari nosoz bo‘lgan, korpusi mexanik lat yegan ballonlarni, gaz bilan to‘ldirilishi qat’iyan man qilinishi, gaz to‘ldirishga mo‘ljallanmagan ballonlarni avtomobillarga o‘rnatish hamda ularni gaz bilan to‘ldirish ta’qiqlanishi, texnik sinovdan o‘tmagan bosim ostida ishlaydigan idishlarni ishlatish qatiyan ta’qiqlanishi zarurligi haqida atroflicha tushuntirish berilmoqda, shu bilan bir qatorda ruxsatnomaga ega bo‘lgan, bugungi kunda faoliyat ko‘rsatayotgan siqilgan gaz ballonlarini sinovdan o‘tkazish huquqiga ega bo‘lgan sinov punktlarida amalga oshirish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2015 yil 11-noyabr kunidan “Siqilgan tabiiy gazda, suyultirilgan neft gazida yoki dizel va gazsimon yoqilg‘i aralashmasida ishlaydigan transport vositalarining xavfsizligi to‘g‘risida umumiy texnik reglamentni tasdiqlash haqida”gi 326-sonli qarori bilan avtotransport vositalariga gaz to‘ldirishda xavfsizlikka rioya qilishni ta’minlash va davlat nazoratini olib borish tartibi belgilab qo‘yilganligi bo‘yicha tushuncha berdi.
Navoiy Standartlashtirish va metrologiya boshqarmasi boshlig‘i U.A. Kamolov hamda Navoiy sinov va sertifikatlashtirish markazi Davlat korxonasi direktori A.S.Jo‘rayev so‘zga chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 25 apreldagi “Muomalaga chiqarilayotgan g‘ildirakli transport vositalarining xavfsizligi to‘g‘risidagi umumiy texnik reglament” to‘g‘risida №237-sonli qarori va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 11 noyabrdagi №326-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Siqilgan tabiiy gaz, suyultirilgan gaz dizel va gaz yoqilg‘isi aralashmasi bilan ishlaydigan transport vositalari xavfsizligi to‘g‘risida”gi umumiy texnik reglamenti to‘g‘risida va nazorat o‘lchov vositalarini sinovdan o‘tkazish muddatlari to‘g‘risida tegishli tartibda tushunchalar berdi.
Navoiy viloyat IIB YoXB boshliq o‘rinbosari F.Po‘latov so‘zga chiqib, Navoiy viloyat hududida faoliyat ko‘rsatayotgan AGTKSh va AGTShlarda yong‘in xavfsizlik qoidalariga rioya qilish va ularni oldini olish bo‘yicha qilinish kerak bo‘lgan ishlar yuzasidan seminar qatnashchilariga tushuncha berdi va yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilmaslik natijasida sodir bo‘lgan voqealar yuzasidan video rolik namoyish qilindi.
Navoiy viloyat Favqulotda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari mayor O‘.Mamatov so‘zga chiqib, hozirgi kunda AGTKShlarda favqulotda vaziyatlarni oldini olish yuzasida o‘rganishlar olib borilayotganligi va o‘rganishlar davrida AGTKShlar tomonidan bir qancha kamchiliklarga yo‘l qo‘yilganlik holatlari kuzatilganligi aytib o‘tildi. AGTKShlarida belgilangan talablar asosida ishlarni tashkil etish, ya’ni AGTKShda ishlovchi ishchilarni kasbiy bilimini oshirish, texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilish, ishchi-xodimlar maxsus kiyimlar bilan ta’minlash, kechayu-kunduz doimiy nazoratni kuchaytirish va har bir smena xodimlari bilan ish boshlashidan oldin maxsus yo‘riqnoma (instruktaj) o‘tkazishni yo‘lga qo‘yish kerakligi yuzasidan tushunchalar berdi.