“Farg‘ona sinov va sertifikatlashtirish markazi” davlat korxonasida Korruptsiyaga qarshi kurashish mavzusida umumiy yig‘ilish o‘tkazildi.

Markaz xodimlari tomonidan mijozlarga xizmat ko‘rsatishda poraxo‘rlik, ta’magirlik va boshqa noqonuniy hatti-harakatlarga yo‘l qo‘ymaslik haqida tushunchalar berish maqsadida Respublika Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi Farg‘ona viloyat boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i adliya maslahatchisi A.A. Murtazaev taklif etildi.

“Farg‘ona sinov va sertifikatlashtirish markazi” davlat korxonasi direktori A. Abdullaev yig‘ilishni kirish so‘zi bilan ochib berdi.

A. Abdullaev kun tartibidagi birinchi masalani o‘z ma’ruzasi bilan xodimlarga yoritib berish uchun yig‘ilishga taklif etilgan O’zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi xuzuridagi Majburiy ijro byurosi Farg‘ona viloyat boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i adliya maslahatchisi A.A. Murtazaevga so‘z beridi.

A. Murtazaev so‘zga chiqib, O’zbekiston Respublikasining 2017 yil 3 yanvardagi “Korruptsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O’RQ-419-son Qonunining maqsadi, vazifalari, qonunda belgilab o‘tilgan asosiy tushunchalar to‘g‘risida gapirib, mazkur Qonunning mazmun-mohiyatini yoritib berdi.