O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 martdagi PF-5368-sonli “Jismoniy tarbiya va sport soxasida davlat boshkaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonini, xamda O’zbekiston standartlashtirish metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi bosh direktori buyrug‘ini ta’minlash maqsadida 30 – iyun kuni Farg‘ona shaxrida Farg‘ona SSM DK, Qo‘qon SSM DK, Andijon SSM DK, Namangan SSM DK jamoalari ishtirokida Mini futbol, Stol tennisi, Shaxmat va Shashka, 3000 m ga yugurish, Arqon tortish sport turlari bo‘yicha musobaka o‘tkazildi.

Mazkur musobaqada 4 ta markazning 100 nafardan ziyod erkak va ayol xodimlari kuch sinashdilar.

Musobaqalar do‘stona va qizg‘in kurashlarga boy o‘tdi.

Erkaklar orasida Namangan SSM DK jamoasi umumjamoa xissobida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Qo‘kon SSM DK xodimlari ikkinchi, mezbon Farg‘ona SSM DK kuchli uchlikni yakunlab berdi.

Ayollar o‘rtasida o‘tkazilgan Stol tennisi va Shashka sport turlarida Andijon SSM DK xodimlariga teng keladigan topilmadi.