2018 yil 5 iyulda “O’zstandart” agentligida Hay’at yig‘ilishi audio selektor ko‘rinishida bo‘lib o‘tdi.

Hay’at yig‘ilishini “O’zstandart” agentligi Bosh direktori A.Karimov boshqardi. Hay’at ishida Agentlikning markaziy apparat xodimlari va tizim tashkilot rahbarlari hamda hududiy boshqarma boshliqlari va markaz direktorlari qatnashdilar.

Kun tartibidagi masalalar yuzasidan “O’zstandart” agentligi Bosh direktori A.Karimov so‘zga chiqib, dastlab Agentlikning oldida turgan vazifalar va bugungi kunda Prezidentimizning tashabbuslari bilan yurtimizda olib borilayotgan islohotlar jarayoniga to‘xtalib, hozirda “O’zstandart” agentligining tashabbusi bilan tadbirkorlikni rivojlantirish, bo‘sh ish o‘rinlarini yaratish, yoshlarga oid davlat siyosatini Agentlikdagi ijrosi va hududiy markazlar ko‘magida xorijiy hamkorlikni jalb qilgan holda qo‘shma korxonalarni tashkil etish masalalariga tahliliy munosabatini bildirdi.

Shuningdek, yig‘ilishda rasmiylashtirilayotgan sertifikatlarni boshqa mamlakatlarda tan olinishi, sinov usullarini kengaytirish borasidagi ishlar talab darajasida emasligi ta’kidlab o‘tildi.

Shuningdek, joylarda tadbirkorlarni me’yoriy hujjatlar bilan ta’minlashda bir qator kamchiliklar ko‘zga tashlanayotgani ham tanqidiy baholandi.

Yig‘ilish davomida bunday kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.