Buxoro Sinov va sertifikatlashtirish markazi tomonidan tashkil etilgan navbatdagi ma’naviyat soatining asosiy mavzusi go‘zal axloq va odob masalasiga bag‘ishlandi.

Ma’rifiy uchrashuvni Markaz direktori A.Muxtorov kirish so‘zi bilan ochib, insonni inson qilib, martabasini ko‘taradigan fazilatlardan biri bo‘lgan odob-axloq masalasi ekanligini ta’kidlab,har bir xodim uchun muomila madaniyati, o‘zaro samimiy munosabatda bo‘lish, mijozlar bilan to‘g‘ri so‘zlashish kabi fazilatlarni shakillantirish muhimligiga e’tibor qaratdi.

Shundan so‘ng ma’rifiy uchrashuvga taklif etilgan O’zbekiston Musulmonlari idorasi Jondor tumani “Darveshi” jome’ masjidining imom xatibi X.A.Ro‘zievga so‘z berildi.

U o‘z ma’ruzasida inson uchun go‘zal axloqiy fazilatlarning naqadar muhim ekaligi yuzasidan qiziqarli va insonni mushohadaga undaydigan mulohazalari bilan o‘rtoqlashdi.

Haqiqatdan ham diniy va dunyoviy ilimlarda go‘zal axloq insonni doimo  xulqga, xush muomilaga, o‘zaro mehr-oqibatga, kattalarga izzat-hurmat, kichiklarga esa rahm-shafqatli bo‘lishga, o‘zgani ayb-nuqsonlarini va sahv-xatolarini kechirishga va hokazo kabi go‘zal axloqlar bilan ziynatlanishlariga olib keladi. Zero, muqaddas kitoblarda “Mo‘minlarning ichida eng imoni komili xulqi chiroyli bo‘lganidir” deya bejiz ta’kidlanmagan.

Ma’rifiy uchrashuv yakunida xodimlar o‘zlari uchun muhim bo‘lgan savollariga javob oldilar.