Hozirgi vaqtda yurtimizda barcha oliy o‘quv yurtlarida diplom oldi himoya qilish yakuniy imtixonlari bo‘lib o‘tmoqda.

Andijon mashinasozlik instituti “Metrologiya standartlashtirish mahsulot sifati menejmenti” kafedrasi talabalari yil davomida o‘z amaliyotlarini Andijon standartlashtirish metrologiya boshqarmasida o‘tadilar.

Mazkur jarayonda talabalar boshqarmada o‘zlari uchun biriktirilgan ustozlari yordamida bilim va tajribalarini oshirdilar.

E’tiborli tomoni shundaki, Andijon standartlashtirish metrologiya boshqarmasi boshlig‘i N.Teshayevning tashabbusi bilan, bosh mutaxassislar O.Umarov, S.Hoshimovlar boshchiligida amaliyot vaqtida bo‘lg‘usi mutaxassislarga kichik darslar tashkil qilindi, bunda talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar.
Shuningdek hozirgi vaqtda talabalar 4 yil davomida olingan bilimlarni jamlagan holda diplom oldi himoyasi imtixonidan o‘tishmokda. Imtihon natijalarini baholash bo‘yicha rais etib O.Umarov masul etib tayinlandi hamda talabalarga o‘zining xolisona baholari bilan imtixonda qatnashdi.

Albatta bunday hamkorlik kelgusida soha uchun malakali mutaxassislar tayyorlashga imkoniyat yaratadi.