«2017-2018-yillarga mo‘ljallangan korrupsiyaga qarshi kurashish Davlat dasturi» ijrosini ta’minlash maqsadida “O‘zstandart” agentligi Bosh direktori A.Karimovning tashabbusi bilan Xorazm Standartlashtirish va metrologiya boshqarmasi hamda Xorazm Sinov va sertifikatlashtirish markazi hamkorligida seminar tashkil etildi.

Seminarni Xorazm Sinov va sertifikatlashtirish markazi direktori A.Xudayberganov kirish so‘zi bilan ochib, «2017-2018-yillarga mo‘ljallangan korrupsiyaga qarshi kurashish Davlat dasturi» ijrosini ta’minlash Chora-tadbirlari rejasiga asosan sud, prokuratura, ichki ishlar idoralari hamda savdo-sanoat palatasi vakilliari bilan hamkorlikda agentlik tizimidagi korxona – tashkilotlar xodimlari bilan, korrupsiyaga qarshi kurashish, bu borada qonunchilik normalari talablari, odob–ahloq qoidalari haqidagi davra suhbatlari o‘tkazish va bu davra suhbatining ahamiyati katta ekanligiga e’tibor qaratdi.

Shundan so‘ng “O‘zstandart” agentligi Bosh direktorining matbuot kotibi A.Rasulov so‘zga chiqib, korrupsiyaga karshi kurashish bugungi seminarning o‘tkazilishidan ko‘zlangan maqsad, xodimlar o‘rtasida targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib borish, Davlatimiz tomonidan chiqarilayotgan Qonunlarga amal qilish, mijozlar bilan ishlayotganda ularga to‘g‘ri munosabatda bo‘lish, mijozlarni qonuniy haq-huquqlarini to‘g‘ri tushuntirib ishlash, Muhtaram Prezidentimiz yig‘ilishlarda bizning mamlakatimiz korrupsiya tufayli 20 yil mamlakat taraqqiyotidan orqada qolib ketdik degan so‘zlari bejizga emasligi, taraqqiyotning eng yomon kushandasi bu korrupsiya, ta’magirlik ekanligini ta’kidlab o‘tdi.

Uchrashuv davomida Urganch shaxar prokuraturasi katta prokurorning yordamchisi N. Allaberganov, “O‘zstandart” agentligi Bosh yuristkonsulti E.Rahmonov va Respublika Sinov va sertifikatlashtirish markazi bosh mutaxassisi N.Muxitovlar so‘zga chiqib, korrupsiya so‘zining ma’no-mazmuni va uning keltirib chiqaradigan omillari haqida batafsil ma’lumot berdilar.

Seminar ishida Xorazm viloyati Savdo-sanoat palatasi boshqarmasi boshlig‘i v.b. M.Yo‘ldoshev va boshqa bir qator mas’ul idoralarning vakillari qatnashib, bunday uchrashuvlarni tizimli tashkil etishga kelishib oldilar.

Tashkil etilgan seminar ishida Xorazm viloyati teleradiokompaniyasi va nufuzli gazetalarning muxbirlari ham qatnashib, uchrashuv tafsilotlarini targ‘ibotida amaliy yordamlarini ko‘rsatdilar.