Buxoro sinov va sertifikatlashtirish markazining tashabbusi bilan tashkil etilgan ma’rifiy uchrashuvga viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari A.Raxmatov taklif etildi.
Uchrashuvni Sinov va sertifikatlashtirish markazi direktori A.Muxtorov kirish so‘zi bilan ochib, xodimlarga belgilangan mavzuning dolzarbligi va taklif etilgan mehmon bilan tanishtirdi.
Ma’rifiy uchrashuvda “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida” viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari A.Raxmatov batavfsil ma’lumot berdi.
Darhaqiqat, Vijdon erkinligi zamirida shaxsning huquqi, demokratiya, adolatparvarlik va insonparvarlik kabi ijtimoiy, siyosiy, huquqiy va axloqiy tushunchalar turadi.
Vijdon erkinligi kishilarning ruhiy olamiga, uning sog‘lom va barkamolligiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun bu masalaning ijtimoiy hayotdagi o‘rni va bajaradigan vazifalari g‘oyatda muhimdir.
Insonning, shaxsning qadr – qimmatining ustivor qadriyat sifatida e’tirof etuvchi hozirgi dunyoda, mazkur ziddiyat (diniy dunyoqarash bilan dunyoviy fikr o‘rtasidagi ziddiyat) insonning erkin fikrlash, xohlagan dinga e’tiqod qilish erkiga yoki hech qanday dinga e’tiqod qilmaslik erkiga bo‘lgan huquqini tan olishga aylanadi.
Mustaqillik ijtimoiy xayotning barcha soxalarida, jumladan, ma’naviy xayotdagi yangilanish jarayonini, tub o‘zgarishlar davrini boshlab berdi. Dinga bo‘lgan munosabat tubdan o‘zgardi: sobiq sovet tizimining dinga ateistik xujumkorlik siyosatiga barxam berildi, vijdon erkinligi, qonun orkali kafolatlandi.
Siyosiy mustaqillikka erishgan barcha yosh davlatda yuz bergani kabi bizning mamlakatda xam ta’lim yunalishi mazmun moxiyatining o‘zgarishi, davlat tili, an’analar, milliy va ma’naviyatga e’tiborning ortishi, bularning xammasi, diniy omil axamiyatga davlatning munosabatini ko‘rsatadi.
1948 yilda qabul qilingan Inson huquqlari umumiy deklaratsiyaga muvofiq har bir inson fikrlash, vijdon va din erkinligi huquqiga ega. Bu huquq o‘z dini yoki e’tiqodini uzgartirish erkinligi, o‘z dini yoki e’tiqodiga o‘zicha shuningdek boshqalar bilan birgalikda amal qilish kafolatini iboratqilishida va diniy marosimlarda yakka tartibda va odamlar orasida birga qatnashish erkinligini o‘z ichiga oladi.
Bundan tashqari bu masalaga yana bir murakkab hodisani turli dunyoqarash, e’tiqodga bo‘lgan kishilar o‘rtasidagi, davlat bilan din, diniy tashkilotlar bilan davlat o‘rtasidagi munosabatlarning amalda huquqiy ta’minlanganligini ham nazarda tutadi.
Uchrashuv qiziqarli va savol-javoblarga boy bo‘ldi.

Axborot xizmati