Joriy yilning 1-2 avgust kunlari “Respublika SSM” DK qoshidagi Sinov laboratoriyalari majmuasining Elektrotexnika mahsulotlarini sinash laboratoriyasi va oziq-ovqat mahsulotlari sinovini o‘tkazish bo‘yicha kimyo-biologiya laboratoriyasi, xalqaro “TURKAK” akkreditaciya idorasi tomonidan TS EN ISO 17025-2012 “Sinov va kalibrlash laboratoriyalari kompetentliligiga qo‘yiladigan umumiy talablar” bo‘yicha inspeksiya nazorati muvaffaqiyatli o‘tkazildi.
Shu bilan birgalikda Sinov laboratoriyalari majmuasining, Elektrotexnika mahsulotlarini sinash laboratoriyasi akkreditatsiya doirasi – maishiy elektrotexnika mahsulotlarini sinash bo‘yicha kengaytirildi.

Tasdiqlangan rejaga asosan, laboratoriya mutahassislari tomonidan, tashrif buyurgan ekspertlar Uchar Yunus, Afyon Osman va Demir Safiye ishtirokida halqaro me’yoriy hujjatning sinov metodlari asosida sinovlar o‘tkazildi.

“TURKAK” akkreditatsiya idorasi Yevropa tashkiloti akkreditatsiya (YeA) ga, Halqaro akkreditatsiya forumi (IAF) va Akkreditatsiya laboratoriyalari nazorati inspeksiya tashkiloti idoralari (ILAC), hamda O‘zaro bitim va hamkorlik (MLA) ga a’zodir. Bu esa o‘z navbatida “Respublika SSM” DK qoshidagi sinov laboratoriyalari mustaqilligi va holisligini ta’minlab, rasmiylashtirilayotgan sinov bayonomalari natijalari nafaqat ichki bozorlarda balki jahon bozorlarida tan olinishi imkonini beradi.