“O’zstandart” agentligi rahbariyati Janubiy Koreyaning KICT instituti va BYUCKSAN kompaniyasining bir guruh mutaxassislari bilan amaliy uchrashuv o‘tkazdi.

Mazkur delegatsiya a’zolari KICT instituti professorlari Chou Dongvu, Kim Yonju,  ilmiy xodim Kang Sejeong va BYUCKSAN kompaniyasi vakili Chulvong Kimlardan iborat edi. 

Mazkur hamkorlikdan ko‘zlangan asosiy maqsad, «O’zstandart» agentligi va Janubiy Koreya hamkorlari o‘rtasida qurilish mahsulotlari bo‘yicha qo‘llanilayotgan mavjud standartlarni o‘rganish va tahlil etish, muvofiqligini baholash sohasida zamonaviy ko‘shma laboratoriyani tashkil etish hamda soha yo‘nalishida faoliyat ko‘rsatayotgan mutaxassislarni malakalarini oshirishga qaratildi.

Uchrashuvda “O’zstandart” agentligi vakillari, O’zbekiston hamda Janubiy Koreya Respublikasi o‘rtasida ishonch, hamkorlik va manfaatdorlikka asoslangan strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlashda, O’zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev va Koreya Respublikasi Prezidenti Mun Chje In Strategik sheriklik munosabatlarini har tomonlama chuqurlashtirish to‘g‘risida Qo‘shma bayonoti  alohida ahamiyat kasb etishini ta’kidlab, Janubiy Koreya Respublikasi xamkorlari bilan an’anaviy muloqotlarni davom ettirish va hamkorlikni faollashtirishga tayyor ekanliklarini bildirishdi.

Muzokaralar do‘stona va  ishchanlik ruxida o‘tdi. Janubiy Koreya delegatsiyasi  “O’zstandart” agentligi rabariyatiga ko‘rsatilgan iliq va do‘stona qabul uchun minnatdorchilik bildirdilar.

Axborot xizmati