Ilmiy-tadqiqot ma’lumotlarga asosan, keyingi 10 yil ichida xozirgi ishlatilayotgan 80% texnologiyalar eskirishi, 5 yil oldin olingan 80% ishchi-xodimlarning ma’lumotlari aktualligini yuqotadi. Texnologiyalar rivoj olayotgan bugungi kunda ma’lumotlar tez yangilanib bormoqda, yangi uskunalarda ishlashga talab kuchaymoqda, yangi mutaxassisliklar yaratilmoqda. Mehnat bozorida raqobat tobora kuchaymoqda, zamonaviy iqtisodiyot esa xayotimiz davomida olgan bilimimizni yangilashni talab etmoqda. Zamonaviy suratlar bilan rivojlanayotgan xayotda qo‘shimcha bilimni tez olish va ko‘proq yangi mutaxassiliklar bo‘yicha ta’lim olish muhim ahamiyatga ega.
Ko‘p yillik tahlillar shuni ko‘rsatdiki, fan va taraqqiyotning integrallashuvi bilan standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish va sifat menedjmenti sohalaridagi qonunchilikka va standartlashtirishga oid me’yoriy xujjatlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda. Shuning uchun, besh yillik bazaviy o‘quv kurslarini tamomlagan tinglovchilarga qonunchilikka kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar yuzasidan o‘z vaqtida to‘laqonli ma’lumot berishning imkoniyati mavjud emas.
Yuqoridagilarga muvofiq, O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligining 2018 yil 27 avgustdagi 05-822i sonli Qarori bilan bazaviy o‘quv kurslari oraliq muddatini 5 yildan 3 yilgacha qisqartirishni o‘z ichiga olgan O‘z DSt 36.0628:2013 «Standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish, va sifat menedjment tizimi sohalari hamda o‘zaro bog‘liq sohalarda rahbar xodimlar va mutaxassislar malakasini oshirishga qo‘yiladigan davlat talablari” davlat standartiga 2-sonli o‘zgartirish tasdiqlandi va joriy etildi.
Shuning uchun, standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish hamda o‘zaro bog‘liq sohasidagi mutaxassislarning SMSITIning Malaka oshirish markazida tashkillashtirilayotgan o‘quv kurslarida xar 3 yilda malaka oshirishlari talab etiladi. Malaka oshirish dasturlari qisqa muddatlarda va minimal xarajatlar bilan, Sizning ish faoliyatingizga zarur bo‘lgan yangi bilimlarni o‘z ichiga olgan.

Axborot xizmati