Markaz tomonidan 2018 yilda investitsiya loyihalari doirasida ishga tushirilgan va tashkil qilinayotgan korxonalar bilan ishlashni yaxshilash, ularning sohaga doir muammolarini o‘rganish, korxonalarda kombinatsiyalangan holda sertifikatlashtirish ishlarni tashkil etish, xalqaro standartlarni va texnik reglamentlarni joriy etishda ko‘maklashish, sohaga oid qonunchilik xujjatlarini keng targ‘ib qilish va tushuntirishlar o‘tkazish bo‘yicha ishlab chiqarish va eksportyor korxonalarning joyiga chiqqan holda davra suhbatlari tashkil etilmoqda.

Markaz xodimlari tomonidan Andijon shahridagi  insulin dori vositasi ishlab chiqarishga ixtisoslashgan “Zamin Bio Health”korxonasida  bo‘lib o‘tdi. Mazkur korxona Markaziy osiyoda yagona bo‘lib, yiliga 10 million flakon dori vositasi ishlab chiqarish quvvatiga ega. Shu paytgacha insulin yurtimizga chetdan keltirilar edi. Korxonani ishga tushirilishi bilan ushbu dori vositasi importi hajmi kamayib va 80 ta yangi ish o‘rni tashkil qilindi.

2015-2017 yillarda korxonada 5,82 mlrd. so‘mlik 382620 dona biologik faol qo‘shimchalar ishlab chiqarilib, Qirg‘iziston Respublikasiga eksport qilindi. 

Mahsulotni ekport qilishga ko‘maklashish byurosi vakili hamda markaz mutaxassislari ishtirokidagi o‘tkazilgan uchrashuvida korxona ishchi-xodimlariga sohaga oid yangiliklar va  ishbilarmonlik muhitining ishonchli himoyasiga qaratilgan me’yoriy hujjatlar yuzasidan tushuntirishlar berilib, joriy yildan ishlab chiqarilishi boshlangan yangi mahsulot insulin dori vositasini ham eksportga chiqarish bo‘yicha tegishli tavsiyalar va uslubiy yordamlar ko‘rsatilishiga kelishib olindi.