27 iyun – Mamlakatimizda Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni. Bu sanani hayotini o‘tkir va ta’sirchan kuchga ega bo‘lgan, og‘ir va mashaqqatli, shu bilan birga, sharafli, xalqimizni axborot bilan ta’minlashdek olijanob ishga bag‘ishlagan kasb egalarigina emas, balki barcha yurtdoshlarimiz ham keng nishonlaydilar.
Zero, hayotimizning biron sohasini ommaviy axborot vositalari faoliyatisiz tasavvur etish qiyin. Yurtimiz taraqqiyoti yo‘lidagi ezgu maqsadlarni ro‘yobga chiqarish, istiqlol ruhiga mos yangicha tafakkur tarzini shakllantirish, umuminsoniy qadriyatlarni qaror toptirish, xalqimiz ma’naviyatini boyitish sohasidagi xayrli ishlarda jurnalistlarning munosib xizmati bor. 
Fursatdan foydalanib, “O‘zstandart” agentligi rahbariyati yil davomida hamkorlikda ishlab, agentlik faoliyatini Ommaviy axborot vositalari orqali keng yoritishda o‘zlarining yordamlarini bergan jurnalistlarni kasb bayramlari bilan tabriklaydi. Ijodlariga omad, oilalariga tinchlik va farovonlik tilab qoladi. Qalamingiz doimo o‘tkir bo‘lsin aziz jurnalistlar.