IMSMI tashkiloti Islom hamkorlik tashkiloti (IHT)ga a’zo davlatlar o‘rtasida xalqaro savdo munosabatlarini  rivojlantiradi, yangi standartlarni ishlab chiqadi, mavjud standartlarni  IHTga  a’zo davlatlar o‘rtasida kelishish bo‘yicha ish yuritib, savdodagi texnik  to‘siqlarni  bartaraf  etadi.

IMSMI tashkilotiga ”O’zstandart” agentligining a’zo bo‘lishi, yurtimizning “HALOL” mahsulot va xizmatlarning bozoriga kirishiga, “HALOL” turizmning rivojlanishiga hamda o‘z navbatida ushbu tizim bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa sohalarni ham taraqqiy etishiga asos bo‘ladi.