“O’zstandart” agentligi “Qo’qon sinov va sertifikatlashtirish markazi” davlat korxonasining (“Qo’qon SSM” DK) sinov bazasini rivojlantirish reja dasturiga muvofiq, Kalibrlash laboratoriyalari majmuasini qo’shimcha ta’minlash maqsadida Fransiyada ishlab chiqarilgan “SATAM” rusumli suyuqlik hisoblagichi xarid qilindi.

“SATAM” suyuqlik hisoblagichi suyuqlik hajmlarini qiyoslash va kalibrlash uchun mo’ljallangan bo’lib, gidro hajmli erkin parrakli xildagi hisoblagichdan iboratdir.

“SATAM” suyuqlik hisoblagichini amaliyotga tatbiqetish evaziga “Qo’qon SSM” DK qoshidagi kalibrlash laboratoriyalari majmuasining akkreditatsiya doirasini kengaytirish imkoniyati yaraladi, hamda o’lchovlarning aniqlik darajasi oshadi.

Axborot xizmati