Dunyoda rivojlanish va taraqqiyot yo‘lidan dadil odimlayotgan mamlakatlar korrupsiya,ta’magirlik va uyushgan jinoyatchilikka qarshi murosasiz kurash olib boradilar.

Qaysiki davlatda bunday salbiy illatlarga qarshi keskin choralar ko‘rilmas ekan, u yerda hech qachon taraqqiyotga erishib bo‘lmaydi. Eng ayanchli tomoni shundaki, xalq davlat hokimiyatining olib borayotgan islohotlariga ishonmaydi. Ishonchsizlik ildiz otgan joyda esa odamlarning ertangi kunga bo‘lgan ishonchlari,orzu-umidlari batamom so‘nadi.

Respublikamizda so‘nggi yillarda ta’magirlik va korrupsiya jinoyatlariga qarshi kurashish va uni oldini olish borasida bir qator tizimli ishlar olib borilmoqda. Ming afsuski, olib borilayotgan islohotlarga qaramasdan, ayrim mansabdor shaxslar tomonidan hali-hamon ta’magirlik holatlari uchrab turibti.

Respublika Bosh Prokuraturasining tashabbusi bilan davlat hokimiyati va boshqaruvi idoralarining mas’ul xodimlari ishtirokida joriy yilning 14-15 noyabr kunlari Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti hamkorligida “Korrupsiyani oldini olishning ilg‘or uslublari” mavzusida xalqaro seminar tashkil etildi.

Seminarda “O‘zstandart” agentligi Matbuot kotibi A.Rasulov va Agentlik tizimida tashkil etilgan korrupsiyaga qarshi kurashish ishchi guruhi mas’ul kotibi N.Muxitovlar ishtirok etdilar.

Seminar doirasida chet ellik ekspertlar tomonidan vazirlik hamda idoralar faoliyatida shaffoflikni ta’minlash, fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish va rahbar-xodimlar ishtirokida davra suhbatlarini tashkil etishning afzalliklari xususida o‘z mulohazalarini bildirdilar.

Axborot xizmati