2018 yil 12-13 noyabr kunlari Qirg‘izston Respublikasining Bishkek shahrida O‘zbekiston, Tojikiston, Qirg‘izston va Qozog‘iston mintaqaviy ishchi guruhining uchinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Uning ishida kelgusidagi hamkorlik rejalari va tijorat sifat standartlarini ilgari surish, hamda mintaqada qishloq ho‘jaliq mahsulotlarining taqdimoti bo‘yicha muvofiqlashtirilgan pozitsiyani ishlab chiqishni muhokama qilindi.

Yig‘ilish ishtirokchilari 2017-2018 yillarda amalga oshirilgan ishlarni sarhisob qildilar, yangi va quritilgan qishloq ho‘jalik mahsulotlariga oid bir qator tushuntirish materiallar loyihasini ko‘rib chiqdilar, ishlab chiqaruvchilar, qayta ishlab chiqaruvchilar va eksport qiluvchilar o‘rtasida YeIK BMT standartlarini kengroq bilish uchun strategiya va hamkorlikdagi tadbirlar rejasi ishlab chiqdilar.

Mintaqaviy ishchi guruh yig‘ilishiga Tojikiston, Qirg‘izston va Qozog‘istondan kelgan ishtirokchilar bilan birga «O‘zstandart» Agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq ho‘jaligi vazirligi, «O‘zbekoziqovqatxolding», tadbirkorlar uyushmalari, shuningdek qishloq ho‘jalik mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar, qayta ishlovchilar va eksport qiluvchilar vakillari qatnashdilar.

Ushbu uchrashuv “CANDY - IV”- qayta ishlov berish sohasida eksportga yo‘naltirilgan o‘rta va kichik biznes korxonalari uchun mahsus va keng qo‘llamli xizmatlar-Markaziy Osiyoda biznes vositachilik tashkilotlarini kengaytirilgan qo‘llab-quvvatlash dasturi” Hilfswerk International halqaro tashkiloti doirasida“Markaziy Osiyo-Invest-IV” Yevropa Ittifoqining molyalashtirilgan dasturi hamda Finlyandiya Hukumati va "GIZ Mintaqaviy Dasturi tomonidan moliyalashtirilgan “Kengaytirilgan Yevropa“: “Markaziy Osiyoda savdoga ko‘maklashish” BMT Tarqqiyot Dasturining Mintaqaviy Dasturi bilan birgalikda tashkil etildi.

Axborot xizmati