Ayni kunlarda xalqimiz Vatanimizning ko‘p asrlik tarixida mutlaqo yangi davlat, yangi jamiyat barpo etish yo‘lini ochib bergan buyuk tarixiy voqea-O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 25 yilligini munosib kutib olish va tantanali ravishda nishollash uchun har tomonlama qizg‘in tayyorgarlik ko‘rmoqda.
Mustaqillik yillarida «O‘zstandart» agentligi tizimida ham e’tiborga molik yutuqlarga erishildi. Har yili agentlik tizimidagi sinov va qiyoslov labaratoriyalarini rivojlantirish yuzasidan rejalar tasdiqlanib, amaliy ishlar olib boriladi.
Tahlillarga ko‘ra, o‘tgan 2015 yil davomida Respublika Sinov va sertifikatlashtirish markazi DK va uning hududiy markazlari huzuridagi sinov va qiyoslov labaratoriyalarini rivojlantirish maqsadida jami 197 dona sinov uskunalari va o‘lchov vositalari xarid qilindi. Bu bilan hududiy markazlardagi foydalanishda bo‘lgan 92 ta ma’nan eskirgan uskunalarni zamonaviylariga almashtirishga erishildi. Hamda 118 turdagi sinov uslublari bo‘yicha labaratoriyalarning akkreditatsiya doiralari kengaytirildi.