Joriy yilning 19 avgust kuni “O‘zstandart“ agentligi bosh binosining katta majlislar zalida, “O‘zstandart” agentligining 2016 yil 1-yarim yil yakunlari bo‘yicha o‘tkazilgan Hay’at yig‘ilishi bayonining 24-bandiga muvofiq, “Kalibrlash uslubiyatini ishlab chiqish va ekspertizadan o‘tkazish ishlarini sifatli bajarish” maqsadida tajribali mutaxassislarni jalb qilgan holda, o‘quv seminari tashkil etildi.
Seminarda “Metrologik xizmatlar ko‘rsatish markazi” davlat korxonasining yetakchi mutaxassisi Sadikov Andrey Belich o‘lchash vositalarining kalibrlash uslubiyatini ishlab chiqish, uning mohiyati va dolzarbligi haqida seminar ishtirokchilariga tushunchalar berdi.
Shuningdek seminarda “Metrologik xizmatlar ko‘rsatish markazi”, “Respublika sinov va sertifikatlashtirish markazi” davlat korxonalari hamda barcha hududiy sinov va sertifikatlashtirish markazlarining metrologiya bo‘limi mutaxassislari ishtirok etishdi.
Seminar ishtirokchilari yoritilgan mavzular bo‘yicha yetarli va to‘liq tushunchalarga ega bo‘lishdi.