«O‘zstandart» agentligi rahbariyati tomonidan tasdiqlangan rejaga asosan navbatdagi sayyor qabul Sirdaryo viloyatida tashkil etildi.
Mustaqillikning dastlabki yillardan boshlab Respublikamizda tadbirkorlik va kichik biznes sohasini rivojlantirish va ular tomonidan sifatli mahsulotlarni ishlab chiqarishga katta e’tibor qaratilmoqda. Bunday e’tibor va yaratilayotgan qulayliklar natijasida ular tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar nafaqat ichki bozorlarimizda, balki jahonning rivojlangan davlatlarining bozorlarida munosib o‘rinni egallamoqda.
Respublikamizning turli hududlarida faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlarimizga yaqindan ko‘maklashish va ishlab chiqarilayotgan mahsulotlariga standart talablari, sertifikatlashtirish, metrologiya yo‘nalishlarida yanada ko‘proq ma’lumotlarni berish maqsadida sayyor qabullar tashkil etilmoqda.
Joriy yilning 19 avgust kuni Sirdaryo viloyatining Sayxunobod tumanida jismoniy va yuridik shaxslar ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda “O‘zstandart” agentligi Bosh direktorining Matbuot kotibi A. Rasulov, va Metrologiya xizmatlar ko‘rsatish markazi Davlat korxonasi direktorining o‘rinbosari A. Daminov ishtirok etdilar.
Yig‘ilishda Sirdaryo Sinov va sertifikatlashtirish markazi davlat korxonasi direktori O. Ahmadqulov hamda sohaning boshqa mutaxassislari qatnashdilar. Sayyor qabul jarayonida Sayxunobod va Sirdaryo tumanlarida tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanib mahsulot ishlab chiqarayotgan yurtdoshlarimiz o‘zlarining qiziqtirgan barcha savollariga yetarlicha javoblarni oldilar.