O‘zbekiston Respublikasining “Metrologiya to‘g‘risida”gi Qonuni va Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 5 avgustdagi 373-sonli “O‘zbekiston davlat standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi tuzilmasini takomillashtirish va uning faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq Texnik vositalarni o‘lchash vositalari va sinash vositalari jumlasiga kiritish mezonlarini tasdiqlash haqida «O‘zstandart» agentligi Bosh direktorining buyrug‘i loyihasi tayyorlandi.
Mazkur buyruq loyihasi bo‘yicha fikr-mulohazalar va takliflar 2016 yil 6 sentyabrgacha “O‘zstandart” agentligi metrologiya bo‘limining 
E-mail: metrol@standart.uz elektron pochtasiga yuborilishi lozim.
Bog‘lanuvchi shaxs – Xusan Alisherov, tel: 0 (371) 246-70-94

Axborot xizmati