Mustaqillik bayramining 25 yiligi munosabati bilan “O‘zstandart” agentligi tizimida mehnat qilayotgan bir guruh xodimlar esdalik nishoni bilan taqdirlandilar.

 

Biz uchun haqiqatdan ham eng ulug‘, eng aziz ayyom bo‘lgan bu qutlug‘ sana o‘tgan tarixan qisqa davrda bosib o‘tgan g‘oyat og‘ir va murakkab, shu bilan birga, sharafli yo‘limizni, amalga oshirgan keng ko‘lamli islohotlarimizni samarasini, qo‘lga kiritgan ulkan marra va yutuqlarimizni tanqidiy ko‘z bilan sarhisob qilish, oldimizga qo‘ygan oliy maqsad- eng taraqqiy topgan davlatlar qatoriga kirish borasidagi ustivor vazifalarni belgilab olishda, hech shubhasiz, muhim ahamiyat kasb etadi.

 

Istiqlol bayramining 25 yilligi munosabati bilan “O‘zstandart” agentligi tizimida fodoiylik ko‘rsatib kelayotgan 25 nafar xodimlarga Davlatimizning esdalik sovg‘alari topshirildi. Bayram tadbirida “O‘zstandart” agentligi Bosh direktori Abdusalom Qurbonov ishtirok etib, so‘nggi yillarda Hukumatimizning e’tibori tufayli agentlik tizimida amalga oshirib kelinayotgan islohotlar va bunday jarayonda mehnat qilayotgan xodimlarning xizmatlari tahsinga loyiqligi to‘g‘risida gapirdi. 

 

Fursatdan foydalanib barcha mukofotlanganlarni yuksak ishonch va bayram bilan tabriklaymiz.

Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin. 

 

Axborot xizmati