2016 yilning 27-29 sentyabr kunlari Toshkentdagi “CITY PALACE HOTEL” mehmonhonasida Yevro-Osiyo davlat metrologik muassasalari hamkorligi tashkiloti (KOOMET)ning “Qonunlashtiruvchi metrologiya” Texnik qo‘mitasining 17-majlisi shuningdek “KOOMETga a’zo davlatlarda qonunlashtiruvchi metrologiyaning holati” nomli seminari bo‘lib o‘tadi.
Mazkur seminar va qo‘mita ishida Germaniya, Kuba, Rossiya Federatsiyasi, Belarus, Ozarbaydjon, Slovakiya, Qirg‘iziston, Tojikiston, Ukraina, Gruziya va Moldava davlatlaridan kelgan 30 ga yaqin soha mutaxassislari qatnashishlari rejalashtirilgan.