2016 yil 1 noyabr holatiga ko‘ra Respublikamizning 2923 ta korxonalarida halqaro standartlarga muvofiq sifatni boshqarish tizimlari joriy etildi va ularga 3047 ta muvofiqlik sertifikatlari rasmiylashtirildi. 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 19 oktyabrdagi “2020 yilgacha sifat milliy infrastrukturasini rivojlantirish Dasturni tasdiqlash to‘g‘risida” gi 298-sonli qaroriga asosan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri hududida joylashgan hamda vazirlik va idorlar tarkibiga kiruvchi 2016-2019 yillarda jami 3010 ta korxonalarda sifatni boshqarish tizimlarini joriy etish va sertifikatlashtirish ishlari belgilangan. (shundan, 2016 yilda 785 ta, 2017 yilda 763 ta, 2018 yilda 755 ta va 2019 yilda 707 ta korxonada).
Dastur bajarilishining tahlili shuni ko‘rsatdiki, joriy 2016 yilda belgilangan jami 785 ta korxonalarda xalqaro standartlarga muvofiq bo‘lgan SBT joriy etish ishlari boshlangan bo‘lib, shundan 696 ta (88,7%) korxonalarda SBT sertifikatlashtirildi.
ISO 9001 seriyadagi halqaro standartiga asosan sifatni boshqarish tizimlarini joriy etish bilan birga, quyidagi tizimlarni joriy etish ishlari ham faollashmoqda:

  • sanoat havfsizligi menedjmenti (OHSAS 18001) – hozirga qadar respublikaning 68 ta korxonasi sertifikatlashtirilgan;
  • ekologik menedjmentni (ISO 14001) – 53;
  • oziq-ovqat mahsulotlarining xavfsizlik menedjmenti (ISO 22000) – 68;
  • energomenejmentni (ISO 50001) – 2;
  • intergrallashgan menedjment tizimi – 53;
  • yaxshi ishlab chiqarish amaliyoti (GMP) – 8; 
  • mashinasozlik va muvofiq ravishda butlovchi qismlarni yetkazib beruvchi korxonalarda sifat menedjmenti (ISO 16949) – 33.