2016 yil 25 noyabr kuni “O‘zstandart” agentligida Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) vakillari bilan navbatdagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda agentlik tizimida "Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini tatbiq etish va Bosh rivojlantirish rejasini ishlab chiqish yo‘li bilan "O‘zstandart" agentligi imkoniyatlarini oshirish" loyihasining ijro etilishi, hamda tomonlararo hamkorlik masalalar yuzasidan muzokaralar olib borildi.
Uchrashuvda tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar ham muhokama qilindi.