“O‘zstandart” agentligi Bosh direktori A. Haitovning topshirig‘iga asosan navbatdagi o‘quv seminari Toshkent viloyatining Chirchiq shahrida tashkil etildi. Mazkur uchrashuvda Chirchiq shahrida faoliyat ko‘rsatayotgan ishlab chiqarish korxonalari hamda kichik biznes vakillari qatnashdi. 


Seminar ishida, Chirchiq Sinov va sertifikatlashtirish markazi xodimlari ishtirokchilariga “Sifat tizimlari va uning afzalliklari hamda imtiyozlari” mavzusida ko‘rgazmali chiqishlar orqali batavfsil ma’lumolarni berdilar.