Eksportbob mahsulotlarning ro‘yxati kengaymoqda

Respublikamizdagi eksportbop mahsulotlarni ishlab chiqaruvchi korxonalarga amaliy ko‘mak berish uchun 2016 yil mobaynida ishlab chiqaruvchi korxonalarga oziq-ovqat, qishloq ho‘jaligi, kabel, tabiiy asal mahsulotlarini eksport qilish jarayonida standartlashtirish, sertifikatlashtirish va qadoqlashga bo‘lgan halqaro talablar o‘rganildi, hamda murojaatchilarga bepul taqdim etildi. Buning natijasida oziq-ovqat, qishloq ho‘jaligi, kabel, tabiiy asal kabi mahsulotlari Yevropa ittifoqi, Yaponiya va Xitoy kabi rivojlangan davlatlarga eksporti yo‘lga qo‘yildi.