Avtomobilga o‘rnatilgan gaz balonini kim sinovdan o‘tkazishga xaqli?

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 11 noyabrdagi 326-sonli «Siqilgan tabiiy gazda, suyultirilgan neft gazida yoki dizel va gazsimon yoqilg‘i aralashmasida ishlaydigan transport vositalarining xavfsizligi to‘g‘risida»gi qarori bilan tasdiqlangan umumiy texnik reglamenti qabul qilingan.

Umumiy texnik reglamentning 8-bandida gazli yoqilg‘ida harakatlanuvchi transport vositalariga gazballonlarni dastlabki o‘rnatish yoki avtotransport vositalarini ishlab chiqarishda o‘rnatuvchi tashkilot, Yo‘l harakat xavfsizligi xizmati xodimlari ishtirokida, ushbu umumiy reglamentning 2-, 3- va 4- ilovalaridagi va O`z DSt 2435:2011 davlat standartida belgilangan sinovlarni amalga oshirish vakolatiga ega bo‘lgan «O‘zstandart» agentligi tomonidan akkreditatsiya qilingan sinov laboratoriyasidagina sinovlarni o‘tkazishi belgilangan.

Qaror ijrosini ta’minlash maqsadida, «O‘zstandart» agentligi tomonidan sinov laboratoriyalar O‘z DSt ISO/IEC 17025:2007 standartiga muvofiq o‘rnatilgan tartibda akkreditatsiya o‘tkaziladi.

Ma’lumot uchun, Respublikamizda akkreditatsiyadan o‘tgan loboratoriyalar soni 26 taga yetdi.