Olimpiada sari!

Har bir ota-ona farzandi dunyoga kelganda bir xursan bo‘lsa, keyinchalik uning sog‘lom va barkamol bo‘lib, ijobiy natijalarni qo‘lga kiritganida quvochi ikki karra oshadi.

“O‘zstandart” agentligi Qashqadaryo standartlashtirish va metrologiya boshqarmasi Davalkogolinspeksiya hududiy inspektori Sulton Ochilov o‘z farzandlari taqdiriga juda katta e’tibor bilan qaraydi. Egamberdiyevlar xonadonida 5 nafar farzandi voyaga yetmoqda. Farzandlari Egamberdiyeva Farangiz va Egamberdiyeva Bonu sportning karate turi bilan shug‘ullanadi. Qizlar sportning karate turi bo‘yicha O‘zbekiston va halqaro turnirlarda nufuzli o‘rinlarni egallab kelmoqda.

Egamberdiyeva Farangiz Sulton qizi 1996 yil 23 sentyabrda Qarshi shahrida tug‘ilgan. Qarshi Davlat Universitetining Jismoniy Madaniyat fakulteti “Xotin-qizlar sporti” yo‘nalishi, 2-bosqich 01466-guruh talabasi. Sportning ”Karate-do” turi bilan 2011 yilning yanvaridan buyon shug‘ullanadi, O‘zbekiston Karate Milliy Federatsiyasi terma jamoasi a’zosi, sport ustaligiga nomzod. Egamberdiyeva Farangiz bir necha bor viloyat chempioni, 2 karra O‘zbekiston chempioni, 2 karra O‘zbekiston Kubogi soxibasi 1 karra Xalkaro turnir g‘olibasi, Markaziy Osiyo chempioni.

Egamberdiyeva Bonu Sulton qizi 2002 yil 14 fevralda Qarshi shahrida tug‘ilgan. Qarshi shahar 9-maktabning 8 sinf o‘quvchisi. Sportning ”Karate-do” turi bilan 2011 yilning yanvaridan buyon shug‘ullanadi. O‘zbekiston Karate Milliy Federatsiyasi terma jamoasi a’zosi. Egamberdiyeva Bonu ko‘p karra viloyat chempioni, 3 karra O‘zbekiston chempioni, 3 karra O‘zbekiston Kubogi sohibasi, 6 karra viloyatlar chempioni.

2016 yilning 21-25 noyabr kunlari Indoneziya davlatining Makassar shahrida Osiyo mamlakatlarining 24 davlati ishtirokida o‘tkazilgan rasmiy 15-Osiyo chempionatida Egamberdiyeva Bonu faxrli 3-o‘rinni egalladi. U 1-jangini Qozog‘iston davlati vakilasi bilan o‘tqazib, 4-2 hisobida g‘olib bo‘ldi, 2-jangini Eron davlati vakilasi bilan o‘tkazib, 3-2 hisobida imkoniyatni boy berdi. U uchinchi o‘rin uchun Xitoy davlatining vakilasi bilan jangda ishtiriok etib, 5-0 hisobida g‘olib bo‘ldi va 15-Osiyo chempionatining bronza medaliga sazovor bo‘ldi.