Qo‘qonda kondetsionerlarni sinash yo‘lga qo‘yildi

“O‘zstandart” agentligi Bosh direktori tomonidan 2016 yil uchun tasdiqlangan rivojlantirish rejasiga ko‘ra “Qo‘qon sinov va sertifikatlashtirish markazi” davlat korxonasi o‘z mablag‘lari xisobidan CED DT-618 turidagi raqamli termoanemometr uskunasini sotib oldi. Xozirgi kunda markazimiz sinov laboratoriyalari majmuasining akkreditatsiya doirasini ushbu o‘lchov vositasi yordamida amalga oshiriladigan sinov turlariga davlatlararo va milliy standartlar asosidagi sinov usullari bo‘yicha kengaytirish uchun xujjatlar to‘plami topshirilgan.

Ushbu o‘lchov vositasi yordamida xududimizda joylashgan korxona va tashkilotlarning ishlab chiqarish dastgoxlarini, chetdan keltirilayotgan va xududimizda ishlab chiqarilayotgan ventilyatorlar, konditsionerlar va boshqa maishiy elektr jixozlarini sertifikatlashtirish sinovlarini o‘tkazish imkoniyati yaratiladi. Shuningdek turli sharoitlarda tashkil etilgan ish o‘rinlarini attestatsiyalash xizmatlari tashkil etiladi.

Bu bilan korxona va xususiy tadbirkorlik sub’ektlariga ushbu sinov turlari bo‘yicha avvallari “O‘zstandart” agentliginng “Metrologiya xizmatlari ko‘rsatish markazi” DK tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlarni xududiy markazimiz tomonidan amalga oshirilishi va markazning ko‘rsatiladigan xizmatlar xajmini ortishi, tadbirkorlarga vaqt va mablag‘larining tejalishiga erishiladi.

Termoanemometr CEM DT-618 uskunasining asosiy xususiyatlari va qulayligi, CEM DT-618 xarorat va xavo oqim darajasini aniq va sifatli o‘lchash uchun tashqi parrak (2 m simi) va katta orqa nurli displey bilan jixozlangan ishonchli termogigrometr xisoblanadi. Katta ekran xavo xarorati va xavo tezligi ma’lumotlarini, minimal, maksimal va o‘rtacha kiymatlari, shuningdek xujjatlashtirilgan dalillar (HOLD) ni ko‘rsatadi. CEM DT-618- byudjet, HVAC tizimlarida prfessional o‘lchash uchun aniq, ishonchli va ajralmas o‘lchov vositasidir.