Korrupsiya – taraqqiyot kushandasi!

Samarqand standartlashtirish va metrologiya boshqarmasi va “Samarqand SSM” DK xodimlari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2017 yil 3 yanvarda imzolangan “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘RQ-419-sonli Qonunni tanishtirish buyicha “Korrupsiya – taraqqiyot kushandasi!” mavzusida seminar yig‘ilish o‘tkazildi.

Seminar yig‘ilishga taklif qilingan Samarqand shahar Prokurori yordamchisi, viloyat Ichki ishlar boshqarmasi tergov bo‘limi tergovchisi va Samarqand standartlashtirish va metrologiya boshqarmasi yurist maslahatchilar tomonidan seminar yig‘ilish ishtirokchilariga yangi qabul qilingan Qonunning maqsadi va mazmun mohiyati yuzasidan batafsil ma’lumot berildi.