“Sifatni boshqarish tizimini xalqaro darajaga ko‘tarish”

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va hukumatimiz tomonidan tadbirkorlik sub’ektlarini har tomonlama himoya qilish, ularni qo‘llab quvvatlash bugungi kunning ustuvor vazifasi sifatida belgilangan. 
Bugungi kunda bu borada Samarqand viloyatida ham ko‘pgina ishlar amalga oshirilmoqda. Viloyatdagi eksportga ixtisoslashgan 23 ta korxonalar tarmoq jadvaliga kiritildi va tasdiqlandi, hozirda ushbu korxonalar bilan xalqaro tan olingan sertifikatlashtirish idoralariga ega O‘rta Osiyo “Russkiy Registr” xususiy korxonasi va “O‘zbek Turk test markazi” MChJ KK bilan sifat menejmenti tizimini sertifikatlashtirish yuzasidan xamkorlik o‘rnatilgan.
Ushbu korxonalar xalqaro darajada sertifikatlangandan keyin butun dunyoga mahsulot eksport qilish uchun yo‘l ochiladi hamda sifat menejmenti tizimini xalqaro tan olishga erishiladi va bu barchamizning umumiy yutug‘imizdir.