O‘zbekiston Respublikasida sog‘liqni saqlashda va sanoatda turli o‘lchash vositalari, shu jumladan eritmalarda moddalar konsentratsiyasini o‘lchash uchun fotoelektrokolorimetrlar qo‘llanadi. Fotoelektrokolorimetr yordamida gemoglobinni va hatto metallning kimyoviy tarkibini o‘lchash mumkin. Tug‘ilgan vaqtimizdan boshlab, o‘zimiz bilmagan holda, biz metrologiya bilan bog‘liqmiz... Tarozi yordamida yangi tug‘ilgan chaqaloq tortiladi, birinchi kunlaridanoq gemoglobin o‘lchanadi va yangi tug‘ilgan chaqaloq (inson)ning sog‘ligini aniqlash uchun turli tibbiy analizatorlar qo‘llaniladi.Fotoelektrokolorimetr tibbiyotda (gemoglobinnianiqlashda) foydalaniladigan priborlardan biridir. Misol tariqasida KFK-2fotoelektrik konsentratsionkolorimetrni ko‘rib chiqish mumkin.

KFK-2 fotoelektrik konsentratsion kolorimetri

Diapazonning alohida uchastkalarida yorug‘lik filtrlari bilan ajratiladigan 315-980 nm to‘lqin uzunliklarini, suyuqlik eritmalari va qattiq jismlarning o‘tkazish koeffitsiyentlari hamda optik zichligini o‘lchash uchun, shuningdek darajalash grafiklarini tuzish usuli bilan eritmalarda modda konsentratsiyalarini aniqlash uchun mo‘ljallangan. Kolorimetrsochiluvchi suspenziyalar, emulsiyalar va kolloideritmalarda o‘tayotgan yorug‘likda o‘tkazish koeffitsiyentlarini o‘lchashlarni bajarishga ham imkon beradi.Kolorimetrsuvta’minot korxonalarida, metallurgiya, kimyo, oziq-ovqat sanoatlarida, qishloq xo‘jaligida, tibbiyotda va xalq xo‘jaligining boshqa sohalarida qo‘llanadi.