O‘zbekiston Respublikasining “Muvofiqlikni baholash to‘g‘risida”gi Qonuniga va Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 14 oktyabrdagi “Muvofiqlikni baholash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 292-sonli qaroriga muvofiq SMSITI Malaka oshirish markazi tomonidan “RWS OPTIMUM” ShK bazasida “Qurilish mahsulotlarini sinash” mavzusida to‘rt haftalik o‘quv kursi tashkillashtirilmoqda. Ushbu kurs xodim sifatida qurilish mahsulotlarini muvofiqligini baholash yo‘nalishida ishlovchi “RWS OPTIMUM” ShK mutaxassislariga mo‘ljallangan.