Buyurtmachilarga manzur

Namangan viloyatining Namangan tumani Yuqori Rovuston qishlog‘ida joylashgan “NAM LIDER LITYO SERVIS” mas’uliyati cheklangan jamiyatida 12 o‘lchamdagi alyumin non qoliplari, sisternalar uchun qolip, turli hajmdagi cho‘yan lyuk, pech va plitalar ishlab chiqarilmoqda. 

— O‘tgan yili qariyb 160 million so‘mlik non qoliplari ishlab chiqarish korxonalariga yetkazib berildi, - deydi jamiyat rahbari Muhammadjon Egamberdiyev. — Mamlakatimiz bo‘ylab qurilayotgan yangi tipdagi zamonaviy uy-joylarni ichimlik suvi bilan ta’minlashda asqotadigan cho‘yan lyuklar arzonligi va yuqori sifati bilan buyurtmachilarga manzur bo‘lmoqda. 

Korxonada 20 ga yaqin ishchi mehnat qilmoqda.