2016 yil 16-mart kuni Andijon viloyati, Asaka tumani hokimligi binosida O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi Bosh direktori Abdusalom Qurbonovning sayyor qabuli o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Siz mazkur uchrashuvda faol qatnashib, standartlashtirish, muvofiqlikni baholash va tasdiqlash, metrologiya hamda sifat menejmenti tizimlarini joriy etilishi, mahsulot sifati va raqobatbardoshligini ta’minlash, uni eksport qilishga ko‘maklashish masalalariga doir o‘zingizni qiziqtirayotgan barcha savollarningizga javob olishingiz mumkin.
Sayyor qabul vaqti: soat 10-00.
Murojaat uchun telefon: (8-374) 225-16-97, (8-374) 225-50-33