Ma’lumki joriy yilning 28 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘bekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi faoliyatini takomillishtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2935-sonli qarori agentlik va uning tizimidagi hududiy boshqarma va markazlari oldiga katta imkoniyatlar yaratish bilan birga, masu’liyat ham yuklaydi.

“O‘zstandart” agentligi tomonidan mazkur qarorning ijrosi va kelgusidagi vazifalarni chuqur o‘rganish va tahlil etishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Shu munosabat bilan joriy yilning 5 may kuni Namangan viloyatida Prezidentimiz tomonidan imzo chekilgan qarorning ijrosiga bag‘ishlab ilmiy-amaliy seminar tashkil etildi.

Tabdirga viloyatdagi jismoniy va yuridik shaxslar va ishlab chiqarish korxonalari vakillari taklif etildi. Shuningdek Namangan muxandislik va iqtisodiyot institutining bir guruh o‘qituchilari va talaba yoshlari ham ishtirok etdilar.

Yig‘ilishda “O‘zstandart” agentligi matbuot xizmati rahbari A. Rasulov, Namangan Standartlashtirish va metrologiya boshqarmasi boshlig‘i

A. Ubaydullayev va Namangan Sinov va sertifikatlashtirish markazi direktori B. Boyboboyevlar ishtirok etdilar.

Amaliy seminar ishida so‘zga chiqqanlar, Prezidentimiz tomonidan “O‘zstandart” agentligi faoliyatiga berilayotgan e’tibor va qarorda belgilab berilgan muhim yangilik va vazifalar batavfsil o‘rganildi.

Kelgusida bunday uchrashuvlar viloyatning boshqa tumanlarida ham tizimli tashkil etilishiga kelishib olindi.