Joriy yilning 1-choragida Axborot ma’lumot markazi tomonidan bir qator e’tiborga molik ishlar bajarildi.
Markazning me’yoriy hujjatlarni ekspertiza qilish bo‘limi tomonidan birinchi yarim yillikda amalga oshirgan ishlari tahlil qilinganda, quyidagi natijalar ko‘zga tashlandi.
Bo‘lim tomonidan hisobot davrida 353 ta ekspertiza xulosasi berildi. 324 ta me’yoriy hujjatlar ro‘yxatga olinib “O‘zstandart” agentligining tegishli boshqarmalarida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.
Bulardan tashqari, bo‘lim mutaxassislari tomonidan 34 ta murojaatga muvofiq 46 ta mahsulotlarga me’yoriy hujjatlarning loyihalari ishlab chiqishda uslubiy yordam asosida 102 mln so‘mlik xizmat ko‘rsatildi.
Shuningdek bo‘lim xodimlarining tashabbuslari bilan 321 ta korxona va tashkilotlar bilan jami 164,2 mln. So‘mga shartnomalar tuzilib, 243 ta korxona va tashkilotlarga xizmatlar ko‘rsatildi.