“O‘zstandart” agentligi tomonidan Respublikamizdagi ishlab chiqarish korxonalarida xalqaro standartlarga muvofiq sifat menejmenti tizimini joriy etish masalasiga jiddiy e’tibor qaratilmoqda.

Buning uchun avvalo korxonalarning eksport imkoniyatini oshirish maqsadida ISO 9001 xalqaro sifat menejmentini joriy etish bo‘yicha ishlar ko‘lamini kengaytirilmoqda.

O‘tgan 2016 yilda 1954 ta korxonlarda sifat menejmenti joriy etilgan bo‘lsada, ularning soni 4181 tani yoki sanoat korxonalarining 9 foizini tashkil etgan.

Shuning uchun joriy yilda 4,5 mingta korxonada, shundan 1700 tasi eksporter korxona bo‘yicha aniq ish rejalari hokimliklar, tarmoqlar va korxonalar bilan tasdiqlab olindi.

Yanvar oyida 150 ta korxonada ISO 9001 standarti bo‘yicha sifat menejmenti joriy etildi. Birinchi yarim yillikda Respublikamiz miqyosida 800 ta korxonada joriy etiladi.

Ma’lumot uchun 2017 yil rejasiga asosan: Qoraqalpog‘iston Respublikasi (185) Toshkent sh. (872), Toshkent v. (537), Farg‘ona (415), Samarqand (383), Andijon (354), Namangan (344), Xorazm (307), Buxoro (228), Qashqadaryo (215), Navoiy (205), Surxondaryo (172), Jizzax (163), Sirdaryo (83).