Bugungi kunda “O‘zstandart” agentligi va uning xududiy markazlari tomonidan turli sohalardagi korxonalarda xalqaro standartlarni joriy etilmoqda. Respublikamizda mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalariga yanada qulay sharoitlar yaratish maqsadida “O‘zstandart” agentligining barcha hududiy markazlarining veb-saytlarida korxonalar uchun sifat tizimlari zaruriy hujjatlarining namunalari joylashtirildi va bu bo‘yicha mutaxassislarning foydalanuvchilar bilan on-line muloqot o‘rnatildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 26 martdagi “Eksport qiluvchi korxonalarni rag‘batlantirishni kuchaytirish va raqobatbardosh mahsulotlarni yetkazib berishni kengaytirish borasida qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-1731, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 22 iyuldagi “Korxonalarda xalqaro standartlarga muvofiq sifatni boshqarish tizimlarini joriy etish bo‘yicha tadbirlar to‘g‘risida”gi №349, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 19 iyundagi “Respublika korxonalarida xalqaro standartlarga muvofiq bo‘lgan sifatni boshqarish tizimlarini joriy etishni kengaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi №173 hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 29 avgustdagi “Korxonalarda xalqaro standartlarga muvofiq sifatni boshqarish tizimlarini joriy etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi №183 qarorlarida soliq, bojxona, mahsulotlarni eksport jarayonlari va bank xizmatlari bo‘yicha ishlab chiqaruvchi korxonalarning imkoniyatlarini yanada kengaytirish maqsadida qator imtiyoz va qulayliklar berilgan. 
Xukumat tomonidan belgilangan imtiyoz va qulayliklarlarni ishlab chiqaruvchi korxonalariga keng targ‘ib qilish orqali sifat tizimlarini joriy etish sohasida sezilarli darajada o‘zgarishlar qilindi. Bugungi kunda xalqaro standartlar talablari asosida sertifikatlashtirilgan korxonalari soni yillar kesimida ortib bormoqda.

Xozirda mahsulot ishlab chiqaruvchi va xizmatlar ko‘rsatuvchi korxonalar faoliyatida xar qanday tavakkalchilik, hamda ishlab chiqarish jarayonlaridagi yo‘qotishlarni kamaytirish, tadbirkorlik sub’ektlarini ichki va tashqi bozorlarda turli imkoniyatlarini ortishi, raqobatchilar oldida real darajada ustunlikka ega bo‘lishi, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarga nisbatan davlat va iste’molchilar ishonchini ortishi va jamiyat uchun xavfsiz mahsulotlar ishlab chiqarish jarayonlarini shakllantirish maqsadida “O‘zstandart” agentligi tomonidan ISO 9001, ISO 14001, OHSAS 18001, GMP, ISO 22000, ISO/TS 16949 hamda uyg‘unlashtirilgan menejment tizimlarini joriy etish yuzasidan maslaxat xizmatlari ko‘rsatilib, turli xalqaro standartlar talablari asosida jami 2065 ta muvofiqlik sertifikatlari rasmiylashtirildi.

Manba: Matbuot xizmati