O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari Ulug‘bek Rozukulov boshchiligidagi delegatsiya 2017-yilning 23-iyun kuni Moskva shahrida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Iqtisodiy kengashining 74-yig‘ilishi ishida ishtirok etadi.

Yig‘ilishda MDH a’zo davlatlarining iqtisodiy sohadagi hamkorligiga oid amaliy masalalarni muhokama qilish rejalashtirilgan.

Manba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi