Butunjahon Sog‘liqni saqlash tashkilotining ma’lum qilishicha, bugungi kunda yer yuzidagi har to‘rtinchi ayol va har oltinchi erkak sifatsiz yoki “qo‘lbola” poyafzal kiyish oqibatida yuzaga keladigan kasalliklardan aziyat chekmoqda.

Har yili maktab yoshidagi bolalarning 65 foizi shu sabdan yassitovonlik xastaligiga duchor bo‘lmoqda. Statistikaga ko‘ra, ikki yoshda 24 foiz, to‘rt yoshda 32 foiz, olti yoshda esa 40 foiz bolalar kontrafakt mahsulotlarning o‘ljasiga aylanishmoqda.

Xalqimiz bolajon xalq. Millatimizga xos bo‘lgan bunday ezgulik bir necha ming yillardan buyon o‘zining qadrini yo‘qotmay kelayotgan boy ma’naviy boyligimiz desak xato bo‘lmaydi.

Albatta, bolaning to‘g‘ilgan kunidan boshlab uning ham ma’nan ham jismonan kamolga yetkazish har bir ota-onadan kuchli mas’uliyatni talab qiladi.

Yuqorida keltirgan raqamlarimizning tub zamirida ham endigina ulg‘ayish ostonasida turgan bolajonlarimizga oyoq kiyimlarini tanlashda achchiq bo‘lsada ta’kidlash kerak ota-onalarimizda beparvolik tuyg‘usi mavjud.

Shu sababdan o‘smir yoshidagi farzandlarimiz orasida yassitovnlik kasalligi bilan og‘riganlar soni ko‘payib bormoqda.

Hurmatli ota-onalar! “O‘zstandart” agentligi sizlarni farzandingizga poyafzal xarid qilayotganingizda albatta uning tegishli sifati va sertifikatini so‘rashingizni tavfsiya qiladi.

O‘shanda siz jondan aziz farzandingizga sifati kafolatlangan oyoq kiyimini sovg‘a qilgan bo‘lasiz.

Biz keyingi ma’lumotlarimizda bolalar oyoq kiyimlarining standart talablari haqida tizimli ma’lumotlarni berib boramiz.