Oʼzbekiston texnik jihatdan
tartibga solish agentligi

FUQAROLARNING  MUROJAATLARI

Fuqarolarning murojaati



Bosh direktor birinchi o'rinbosari

Telefon: 0 (371) 202-00-11

Qabul kunlari: Payshanba 08-00 dan 11-00 gacha

Elektron pochta: uzst@standart.uz

 Tarjimai holi:  1977 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Millati - o‘zbek.Ma’lumoti oliy. 1999 yilda Toshkent davlat texnika universitetini tamomlagan.   

Mehnat faoliyati:

1995-1999 yillarda – O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuri-dagi standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish O’zbekiston davlat markazi (“O’zdavstandart”)ning elektr va magnit o‘lchash vositalari davlat qiyoslash bo‘limi muhandisi (o‘rindoshlik asosida);

1999-2002 yillarda – “O’zdavstandart”ning Toshkent shahar standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish mintaqaviy markazi sanoatning og‘ir va kimyoviy tarmoqlarida va mashinasozlikda standartlar, o‘lchash vositalarining holati va sertifkatlashtirish qoidalari ustidan davlat nazorati bo‘limi 2-toifali muhandisi;

2002-2003 yillarda – “O’zstandart” agentligi Respublika sinov va sertifikatlashtirish markazining sertifikatlashtirish bo‘yicha ishlarni tashkillash-tirish va o‘tkazish bo‘limi bosh mutaxassisi;

2003-2006 yillarda – “O’zstandart” agentligi Toshkent shahar sinov va sertifikatlashtirish markazining sinov va sertifikatlashtirish bo‘limi bosh mutaxassisi; deklaratsiya-talabnoma, namunalar tanlamasini qabul qilish va sertifikat berish bo‘limi boshlig‘i; sertifikatlangan mahsulotlar ustidan inspektsiya nazorati o‘tkazish bo‘limi boshlig‘i;

2006-2008 yillarda – “O’zstandart” agentligi Akkreditatsiya va inspektsiya nazorati boshqarmasining inspektsiya nazorati bo‘limi boshlig‘i;

2008-2008 yillarda – “O’zstandart” agentligi Muvofiqlikni tasdiqlash soha-sidagi texnika siyosati va sifat tizimini joriy qilish boshqarmasi boshlig‘i

2008-2009 yillarda – “O’zstandart” agentligi “Axborot-ma’lumot markazi” unitar korxonasi direktorining  o‘rinbosari;

2009-2014 yillarda -“O’zstandart” agentligi Standartlashtirish, davlat nazoratini muvofiqlashtirish va  axborot texnologiyalarini joriy etish boshqarmasi boshlig‘i;

2014-2015 yillarda - O’zstandart” agentligi Toshkent viloyati standartlash-tirish va metrologiya boshqarmasi boshlig‘ining vazifasini bajaruvchi;

2015-2016 yillarda - “O’zstandart” agentligi “Axborot-ma’lumot markazi” davlat  korxonasi direktori;

2016-2017 yillarda - “O’zstandart” agentligi Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish ilmiy-tadqiqot institutining ilmiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari;

2017-2018 yillarda - “O’zstandart” agentligi Standartlashtirish va davlat nazoratini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i;

2018-2018 yillarda - Vazirlar Mahkamasi Mashinasozlik, avtomobil, elektrotexnika, mudofaa, paxtani qayta ishlash sanoatini va yengil sanoatni rivojlantirish, mahsulotlarni standartlashtirish masalalari axborot-tahlil departamenti, yetakchi mutaxassis;

2018-2019 yillarda - Vazirlar Mahkamasi Mashinasozlik, avtomobil, elektrotexnika, mudofaa, paxtani qaytaishlash sanoatini va yengil sanoatni rivojlantirish, mahsulotlarni standartlashtirish masalalari axborot-tahlil departamenti Elektrotexnika sanoati va standartlashtirish shu’basi, muvofiqlikni baholash va menedjment tizimlari bo‘yicha bosh mutaxassis;

2019-2019 yillarda -  Vazirlar Mahkamasi Yoqilg‘i-energetika sohasi va sanoatning bazaviy tarmoqlarni rivojlantirish masalalari  kotibiyatizargarlik, standartlashtirish, metrologiya va sifat menejmentini joriy etish masalalari bo‘yicha bosh mutaxassis;

2019y. - x.v. – “O’zstandart” agentligi bosh direktorining birinchi o‘rinbosari.

Kattaxodjaev D.Y. oilali, uch nafar farzandi bor.