«O'ZSTANDART» agentligi

O'zbekiston standartlashtirish, metrologiya
va sertifikatlashtirish agentligi
FUQAROLARNING  MUROJAATLARI

Fuqarolarning murojaati



Alkogolli mahsulotlar sifati bo’yicha davlat inspektsiyasi boshlig'i

Pulatov Jaxongir Abduazizovich

Telefon: (0-371) 202-0011 (1011).

Manzil: 100049, Toshkent sh., Farobiy ko'chasi, 333 «A»

Qabul kunlari: Dushanba-juma 9:00 dan 18:00 gacha

Elektron pochta: alkinsp@standart.uz


Lavozim vazifalari:

Alkogolli mahsulotlar sifati bo‘yicha davlat inspeksiyasi boshlig‘i ayni bir paytda, Standartlar va o‘lchovlarning yagonaligi ta’minlanishini nazorat qilish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi davlat bosh inspektorining alkogolli mahsulotlar va spirt sifatini nazorat qilish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari hisoblanadi. Oziq-ovqat spirti va alkogolli mahsulotlarni ishlab chiqarish, saqlash, sotishda ularning sifatini nazorat qilish, sifatsiz va qalbaki alkogolli mahsulotlarning savdo tarmog‘iga kelib tushishini bartaraf etish; eksportga mo‘ljallangan alkogolli mahsulotlar ishlab chiqarishda xalqaro standartlar talablarini joriy etish va ularga erishish bo‘yicha takliflar ishlab chiqaradi; spirt va alkogolli mahsulotlar ishlab chiqarishda foydalaniladigan xom ashyo va yordamchi materiallar sifatini nazorat ishlarini olib boradi; oziq-ovqat spirti va alkogolli mahsulotlar ishlab chiqaruvchi korxonalarga me’yoriy-texnika hujjatlarini, ilg‘or texnologiyalarni joriy etish masalalari bo‘yicha amaliy va uslubiy yordam ko‘rsatadi; oziq-ovqat spirti va alkogolli mahsulotlarni tayyorlash, ishlab chiqarish, saqlash va sotish holatlari to‘g‘risidagi materiallarni umumlashtiradi; amaldagi me’yoriy hujjatlarini tahlil qiladi, ularni qayta ko‘rib chiqish, hisob va hisobotni takomillashtirish, ham xom ashyo, ham tayyor mahsulotlar va yordamchi materiallarning tabiiy kamayishi me’yorlari bo‘yicha takliflar beradi; mahsulotlar, ularni sinash usullari yuzasidan yangi me’yoriy hujjatlarni ekspertiza qilishda va ishlab chiqishda qatnashadi; qonun hujjatlarida belgilangan tartibda musodara qilingan spirt va alkogolli mahsulotlar sifati to‘g‘risida xulosalar beradi; eksportga mo‘ljallangan alkogolli mahsulotlar ishlab chiqarishda xalqaro standartlar talablarini joriy etish va ularga erishish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi; ishlab chiqaruvchi korxonalarda ishlab chiqarilgan etil spirtining har bir turkumidan namunalarni ularning sifati normativ hujjatlar talablariga muvofiqligini aniqlash uchun sinovlar o‘tkazadi va natijalari bo‘yicha etil spirti turkumining muvofiqligi yoxud ishlab chiqarish sikliga uni qo‘shimcha ishlov berish uchun qaytarish zarurligi to‘g‘risida xulosa beradi.